Surxondaryoda 3 000 GVt quvvatli fotoelektr stansiyasi quriladi

Date:

Bugun yurtimizda tadbirkorlik sohasida katta qadamlar tashlanyaptiki, amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida investitsiya kiritilyapti, yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi uchun qulay va manfaatli xizmat turlari va ishlab chiqarish mahsulotlari taklif etilayotir. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Zhejiang SunspotNewEnergy Technology Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Jiang Deyuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda xitoylik investorlar tomonidan taklif etilayotgan Surxondaryoda umumiy qiymati 600 million dollarlik, to‘liq xoriiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladigan 3 000 GVt quvvatli fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari mas’ullarga loyihani amalga oshirishning texnik va iqtisodiy asoslari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, tomonlar va mas’ul vazirliklar bilan kelishish bo‘yicha ishlarni boshlash topshirig‘ini berdi. Ikki tomon rasmiylari ham istiqbolli loyihani amalga oshirishdan mamnunligini qayd etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun