Onalar uchun huquqiy maslahat

Date:

Xodim bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan davrida ikkinchi farzandi uchun homiladorlik va tug‘ruq ta’tili puli to‘lanadimi? Shu bilan bir vaqtda bola puli yoki nafaqasini olishga haqlimi? Ayni savollar ko‘pchilik onalarning bola parvarishi davrida ikkinchi farzandiga homilador ekanini bilganida tug‘ilishi aniq. Unga javoban aytishimiz mumkinki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 2-ilova tarzda tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 8-bandiga ko‘ra, agar ona bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi davrida ikkinchi farzandiga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til olish huquqiga ega bo‘lsa, onaning tanlovi asosida nafaqaning faqat bir turi tayinlanib to‘lanishi belgilangan.
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to‘lanishi belgilangan. Budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga va onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga bolalar nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida belgilanadi.

B.Xusanova,
Oltinsoy tumani Adliya bulim FHDYO bo‘limi 1-toifali inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun