SHEROBODDA G‘O‘ZA OCHILDI

Date:

Paxtakorlar javlon urib mehnat qilishgan bo‘lsa, dalalarda g‘o‘zalarning qiyg‘os gullagani mavsum davomida qilingan mehnatlarning charchog‘ini chiqarib yuborgani haqiqat. Kuni kecha Sherobod tuman E.Berdiyev hududida joylashgan “Tilla karta” fermer xo‘jaligi dalasida “Jondor qudrat” navli ekilgan paxta chigiti ochilgani esa soha mehnatkashlari uchun quvonchli hodisaga aylandi.
Ushbu “Tilla karta” fermer xo‘jaligida yer maydoni 39,9 gektar tashkil etib, shundan 18 gektar yer maydoniga g‘o‘za ekini ekilgan. Albatta, yuqori natijaga erishish, mo‘l hosil olish uchun tinimsiz mehnat-harakat qilish lozim. Ushbu yer maydonlariga agrotexnik ishlov berish, sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish lozim. Ayniqsa, sug‘orishda suv yetkazish muammo bo‘lib turgan hududlarda ekin ekib ko‘kartirishning o‘zi bo‘lmaydi. Fermer xo‘jaligi rahbari ham 11 gektar yer maydonini tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bilan sug‘orib, mo‘l hosil olish uchun tinib tinchimayapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...

Kuchlar birlashtiriladi

Yoshlar siyosatiga berilayotgan yuksak e’tibor amalda yana bir bor...
KunTun
KunTun