Dorivor o‘simliklar nazorat ostida

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘idagi shifobaxsh o‘simliklar kishi e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Haqiqatan ham ushbu giyohlar bepoyon tog‘-u dashtlarga o‘zgacha husn-u tarovat baxsh etibgina qolmay, odamlar e’tiborini tortayotgani, maftun etayotgani ham haqiqat. Ushbu milliy tabiat bog‘iga go‘zallik, xordiq istab tashrif buyurgan borki, ming dardga darmon-u davo bo‘lguvchi giyohlarni uchratib, hayrat to‘la nigohlarini yashira olmaydi.
Bu yerda popukli omonqoradan tortib, tubulg‘asimon bo‘yimadaron, oshlovchi totum, dalachoy, oq gulxayri, tikanli kovul, moviyrang ko‘ztikan, sachratqi, sigirquyruq singari dorivor o‘simliklarning turfa ranglarini uchratish mumkin, bu o‘simliklarning anvoyi gullari va dimoqqa xush yoqguvchi ifori bahri dilni ochadi.
Darvoqe, mana shunday dorivor giyohlarning xaridorlari ham juda ko‘p. Shu sabab, hududni nazoratchilar qo‘riqlab, ularni ko‘paytirishga alohida e’tibor berib, o‘simlik dunyosini boyitishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Ayni paytda gulga o‘tirgan giyohlar hademay pishib, yetiladi. Ularni ko‘paytirish, yo‘qolib ketish arafasida turganlarini asrab-avaylash farmatsevtika sanoatimizning kelgusi rivojida muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilk pasportlar tantanali topshirildi

Termiz tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan...

Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

Sariosiyo tumanidagi “Farhod”  Muruvvat  nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun...

Qiymati 7 milliard so‘m

Qumqo‘rg‘on tumani, "Azlarsoy" mahallasida “Abdurahim” MCHJ tomonidan asfaltbeton ishlab...

Ayol — hayot chirogʻi

Termiz shahridagi “Olmos” tantanalar saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar...
KunTun
KunTun