Maktabga qo‘shimcha o‘quv binosi qurilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Jarqo‘rg‘on tumanidagi 45-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Tashrif davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Shundan so‘ng, berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Ayni kunlarda tegishli dastur asosida mazkur maktabga 457 million 900 ming so‘m mablag‘ evaziga 144 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurib berilmoqda.
Boshqarma boshlig‘i 45-umumta’lim maktabida bo‘lib, qurilish jarayonlarining borishi bilan tanishdi va sifatga alohida e’tibor qaratish, yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun