Angorda “Kinokarvon”

Date:

Ish, oilaviy tashvishlar bilan inson ma’naviy xordiq chiqarishni unutib qo‘yadi. Mablag‘ topilsa-da, vaqt masalasi sabab sayohat, ko‘ngilochar tadbirlar-u ma’naviy xordiqni keyingi suramiz. Natijada, ma’naviy dunyomiz o‘tmaslashib borayotganga o‘xshaydi. Biz kinoga, teatrga bora olmayotgan bir paytda, kinoning o‘zi bizni izlab kelsa, bunday holatda hech qanday bahonaga o‘rin qolmaydi.


Angor tumanidagi Ulug‘bek mahallasida joylashgan Yangiobod madaniyat markazida “Kinokarvon” loyihasi tashkil etildi. Tadbirda bugungi kunda yoshlar tomonidan teledasturlar va ijtimoiy tarmoqlardan ma’naviyatimizga oid milliy kino va teatrlarni kuzatib borish tavsiya etildi.
Loyiha davomida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi hamkorligida suratga olingan “Quyosh ta’mi” nomli badiiy filmi namoyish etildi. Tomoshabinlar zavq ila, maroq ila film tomoshasiga berildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun