Yapon delegatsiyasi Surxondaryoda

Date:

Yaqin yillargacha Surxondaryo viloyatida bitta universitet faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, ularning soni bie necha baravar ko‘paydi. Bu ta’limga bo‘lgan e’tibor, yoshlarning esa oliy ta’lim olishga bo‘lgan talabining yuqoriligidadir. Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar esa ta’lim sohasida tashlangan dadil qadamlardan biridir.
Ayni ishlar bilan tanishish, zarur ko‘maklarni ko‘rsatish maqsadida Yaponiyaning “ARK educational system’s” bosh direktori va vohamizda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov qabul qildi.
Uchrashuv avvalida viloyatimiz delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini vohamiz orqali yurtimizda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi. Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun