5047 nafar pedagogga malaka toifasi berildi

Date:

Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi haqida bot-bot to‘xtalamizu, ammo ularga o‘sha ta’lim-tarbiyani berayotgan ustozlarning saviyasi, bilim darajasi haqida to‘xtalmaymiz. Axir, bilim-salohiyatli, malakali kadrlargina bilimli yoshlarni yetishtirib chiqaradi-ku?! Shu sababdan ham yurtimizda tizimli ravishda pedagog-o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi, bilimlarini sinovdan o‘tkazuvchi attestatsiyalar, imtihonlar o‘tkazilib kelinadi. joriy o‘quv yili yakunida ham oʻrta maxsus (akademik litsey) va professional taʼlim muassasalarining 7576 nafar pedagog kadri attestatsiyadan oʻtkazilgan edi.
Attestatsiya natijalariga ko‘ra, 5047 nafar pedagogga malaka toifasi berildi, 1418 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi. Afsuski, 1064 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmadi. 40 nafar pedagog uzrli sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganini tushunish mumkin. Issiq jonning isitmasi bo‘lar yoki turli sabablarni ham rad etib bo‘lmaydi. Ammo mingdan ortiq pedagogning attestatsiyadan o‘ta olmagani, ularning bilimi yetarli emasligini, ta’lim tizimiga begona ekanliklarini anglatmaydimi? Ayni jihatlarga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu kadrlardan voz kechish kerakmi yoki imkon berish lozimmi? Berilgan imkon kelajak avlodga qilingan xiyonat emasmi?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun