Oltin va kumush medallar egalariga topshirildi

Date:

O‘quvchilik davrimiz qalbimizda unutilmas xotiralar bilan mustahkamlangan. Bu xotiralarni eslasak, javlon urib o‘qib o‘rganganlarimiz, qadrdon do‘stlarimiz, ustozlarimiz yodga tushadi. Ayni maktabni tamomlayotgan o‘quvchi-yoshlar qalbida ham bugun ana shunday his-hayajon hukmron. Ular maktabni bitirib, katta hayotga ishonch bilan ildam qadam tashlashayotir.
Aytish kerakki, 2023-2024-o‘quv yilida Termiz shahridagi maktablarning 11-sinfini jami 2 ming 891 nafar yigit-qizlar tamomlashdi. Ularning 86 nafari oltin, 4 nafari kumush medallarga munosib ko‘rildi. Tadbirda Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev, faol nuroniylar, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga medallar tantanali ravishda topshirildi. Uchrashuvda bugungi kun yoshlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar e’tirof etildi va kelgusida oliy ta’lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun bitiruvchilarga katta ishonch bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun