Yoshlar murojaati tinglandi

Date:

Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustivor yo‘nalishidir.
Har bir sohada qo‘lga kiritilayotgan marralar, yutuqlar ana shu g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasidir. Vatan taqdiriga daxldor ekanligini his qilib yashash va berilayotgan imkoniyatlardan unumli, mazmunli foydalanish har bir O‘zbekiston farzandining muqaddas burchidir. Aytish joizki, shu sababdan so‘nggi yillarda yurtboshimiz tomonidan Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar masalasiga ustuvor vazifa sifatida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda.


Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan yoshlarning muammolarini tinglash, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida IIB boshlig‘i, 3-Sektor rahbari O‘ktam Mustafoqulov va tuman prokurorining o‘rinbosari Sherzod To‘raqulov tomonidan probatsiya guruhi ro‘yxatida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari tinglandi hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Mas’ullarga yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish, ularning sog‘lom turmush tarziga qaytishida ko‘maklashish hamda ish bilan ta’minlash vazifalari topshirildi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun