Hamkorlik yangi bosqichda

Date:

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston hamda Rossiya hududlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va yo‘lga qo‘yish, kengaytirish hamda yangi bosqichda davom ettirish maqsadida ikki davlat hududlari rahbarlarining uchrashuvlari va muzokaralari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukov hamda Novosibirsk viloyati rahbari Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiyalar bilan hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Aytish joizki, Surxondaryo viloyati Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk, Ivanovo, Chelyabinsk viloyatlari, Krasnoyarsk o‘lkasi va Tatariston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi hukumati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, qishloq xo‘jaligi, yoshlar va boshqa sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun