O‘zlashtirilayotgan yer maydonlarida sholi ekiladi

Date:

Surxon vohasida har bir hududning iqlim qulayligi odamlar uchun munosib sharoit yaratishga, doimiy ish bilan band bo‘lishga xizmat qilayotir. Sherobodda anor, Oltinsoyda uzumchilik rivoj topgan bo‘lsa, Muzrabot sholichilik qilish uchun qulay hudud hisoblanadi. Shu sababdan ham tumandagi o‘zlashtirilmagan yerlar o‘zlashtirilib, guruch ekishga hozirlanganidan xabardormiz.
Ayni maqsadda Muzrabot tumanida “SCT cluster sholi” MCHJ tomonidan Amudaryo qirg‘oqlaridagi 20,1 ming gektar yer maydoni yangidan foydalanishga kiritilmoqda. Klaster tomonidan joriy yilda 5 ming gektarga yaqin maydonda sholi yetishtiriladi. Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailovlar “SCT cluster sholi” MCHJ rahbari Hamza Hakimov hamrohligida klaster tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ya’ni sholi ekish, sug‘orish, yangidan yer o‘zlashtirish jarayonlari va 830 gektar yer maydonida pishib yetilayotgan g‘alla parvarishi bilan tanishib mas’ullarga o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.
Joriy yilda klaster tomonidan 4766 gektar yer maydoniga guruchning lazer, alanga va guliston navlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 1660 gektar yer maydoniga sholi ekib bo‘lindi. “SCT cluster sholi” MCHJ tomonidan 2026-yilga qadar ekilishi, sug‘orilishi va hosil olinishi mumkin bo‘lgan 10 000 gektar yer maydonlari to‘liq o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun