Ishidan ishtiyoqi oshib…

Date:

Zaminimiz unumdor va serhosil. Harakat qilgan inson kaftdek yerdan ham yaxshigina daromad qiladi. Sadoqat Toʻrayeva Qoʻshtegirmon mahallasida istiqomat qiladi. Bu yil hovlisidagi tomorqada issiqxona tashkil etib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yishdi.
Er-xotin qo‘sh xo‘kiz deb bejiz aytishmagan ekan, Sadoqat opa turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda yer bilanib tillashib kam bo‘lishmayapti. Issiqxonasida erta bahorda pomidor ko‘chati yetishtirib, sotishgan bo‘lsa, endilikda bulg‘orqalampiri, baqlajon va qulupnaylari birma-bir mo‘l hosil berib, bozorga olib chiqishmoqda. Topadigan daromadlaridan esa ko‘ngillari shod. Ishidan ishtiyoqi oshib, kelgusi rejalarni ham puxta tuzib qo‘yishgan.

Oldingi sahifa15 nafar oila bellashdi
Keyingi sahifaSuv tekin emas

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ASIRLIKKA ELTUVCHI “ASR VABOSI”

​Insoniyat taraqqiyoti qanchalik ildamlamasin, ayrim illatlar borki, ular ham...

Raqamli davr keldi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib borayotir.Raqamli...

Sahnaning “sanchig‘i” tutsa… yoxud tanlovning “tarnovi”dan ko‘zyoshlar oqmoqda

Turon teatri (yoki “Turon” truppasi) 1913-yilda Toshkentda jadid ma’rifatparvarlari...

ORZULAR QANOT YOZADIGAN KUN

Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida yoshlar masalasi shunchaki ijtimoiy yo‘nalishemas,...
KunTun
KunTun