Iqtidorlar kashf etildi

Date:

San’at inson qalbiga ajib tuyg‘ularni uyg‘otadi. Ruhan, ma’nan xordiq chiqaramiz. San’atga oshno qalblar faqat va faqat go‘zallik yaratishga, atrofga nafosat ulashishga qodir bo‘ladi, ulardan yomonlik chiqmaydi. Shu sababdan ham yoshlarning iqtidorini kashf qilishga, san’atga yo‘naltirishga urinamiz.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Shahrisabzda yangi yulduzlar” deb nomlangan respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu musiqiy va ijodiy tanlovda yangidan-yangi iqtidorlar kashf etildi. Ana shunday san’atga oshufta qalblar ishtirok etdi va o‘z iste’dod hamda mahoratlarini namoyish etishdi. Ular orasida Termiz tumani 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quvchilari ham chang va tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, faxrli II-III o‘rinlarni egallab qaytishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun