Pilla mavsumiga start berildi

Date:

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi. Termiz tumani pillakorlari marrani katta olishgan, bu yil uchun jami 2,5 ming quti ipak qurtini boqib, 154 tonna pilla yetishtirishmoqchi. Albatta, bu oson ish emas, ammo o‘z ishining ustalari bo‘lmish tajribali pillakorlar o‘ylagan rejasini udda qilishlari aniq.
“Termiz Agro pilla” MChJning Yangiariq filialida bo‘lib o‘tgan tadbirda ko‘p yillik tajribaga ega pillakorlar yoshlarga kerakli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlarni aytib o‘tishdi. Qolaversa, mutasaddilar ham pilla yetishtirishning zamonaviy usullari, imkoniyat va imtiyozlari hamda boshqa masalalar yuzasidan pillakorlarga ma’lumot berishdi.
Tadbir so‘nggida ipak qurti yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan pillakorlar hamda fermer xo‘jaliklari vakillariga ipak qurti urug‘lari tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun