Illatlarni “davolab” olishimiz kerak…

Date:

Bolaning begonasi bo‘lmaydi deyishadi. Ammo, negadir ulg‘ayish bosqichida har bir yosh turlicha xarakter, jihat va hislatlarga va afsuski, illatlarga ham ega bo‘lib boradi. Ho‘sh, bunga kim aybdor? Hech ham aybni o‘sha yoshning o‘zidan izlash kerak emas. Bunga jamiyat, bizning munosabatimiz, bola psixologiyasini yaxshi bilmaganimiz sabab bo‘ladi. Bo‘lgan ish bo‘ldi deb, bariga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Qaysidir barmog‘imizda yara-chaqa chiqsa, uni kesib tashlamaganimiz, davolab olganimizdek, jamiyatdagi ba’zi yoshlarni ham “davolab” olishimiz kerak.


Hechdan ko‘ra kech deganlaridek, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning muammo va tashvishini o‘rganish, jamiyatga qo‘shish choralarini ko‘rish shart va zarur. Jarqo‘rg‘on tumanida ham Milliy gvardiya tomonidan 2200 nafarga yaqin yosh otaliqqa olingan. Ularning mavjud muammolari, ijtimoiy va bandlik masalalari yechimi yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda.
Tumanning Neftchilar mahallasida joylashgan Madaniyat markazida bir guruh ana shunday yoshlarning Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i bilan bo‘lgan ochiq muloqotida yigit-qizlarning murojaat va takliflari tinglandi. Har bir taklif inobatga olinib, ular uchun vatanparvarlik, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish, muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun