Qashqadaryoliklar Angorda tajriba oshiradi

Date:

Har bir sohada tajriba almashish, ilg‘or va muvaffaqiyatga erishgan tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish yaxshi natija beradi. Shu ma’noda, Surxondaryo viloyati fermer va dehqonlari qishloq xo‘jaligi sohasida katta tajribaga egaki, bu bozorlarimizda sifat va narx-navo uyg‘unligida ko‘zga tashlansa, eksport salohiyatimiz ham tajriba sirlarini ochiqlagandek bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Kitob va Gʻuzor tumanlari hokimlari rahbarligida mutasaddi tashkilot rahbarlari tajriba almashish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida mehmonlarni viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov kutib oldilar.
Mehmonlar “Bahor”, “Ilg‘or” mahallalarida olib borilayotgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar bilan tanishdilar. Xususan, aholi tomorqalarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, mehmonlar “Bahor” mahallasida joylashgan “Top Quality Brand” korxonasining charmdan poyabzal va charm attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun