To‘yga munosib to‘yona bo‘ldi

Date:

Oltinsoylik tadbirkorlar va homiylar tomonidan ezgu tashabbusga qo‘l urildi. Bu bilan ehtiyojmand oilalar qalbiga nur olib kirilgandek bo‘ldi. Ya’ni tumanning “Jobu” mahallasida yashovchi tadbirkorlar va homiylar tomonidan 12 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga xatna to‘ylari o‘tkazildi.
Quvonarlisi, to‘y to‘ydek o‘tdi. To‘y bolalar qatori ularning oila a’zolari, yaqinlari ham dildan yayrashdi, xursandchilik qilishdi. Ayniqsa, Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Maxmatrayemov tashrif buyurib, to‘y tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi va bolajonlarni to‘ylari bilan samimiy qutladi, kelajakda jamiyatga naf keltiradigan insonlar yetishib chiqishlari tilandi.
Sunnat to‘ylari o‘tkazilgan bolajonlarning har biriga bankdan hisob raqami ochilib sovg‘a tariqasida 1 milion so‘mdan pul mablag‘i qo‘yildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun