Vatan madhi ila…

Date:

She’riyat shunday bo‘stonki, unda sayr qilgan odam bor tashvishini unutadi. Satrlar sehriga mahliyo bo‘lib, ohang uni allalagandek bo‘ladi. Shoir aytayotgan tasvirlar, xayolot olamiga cho‘madiki, bu olamdan sira chiqishni istamaydi. Qo‘shiq aytish ham, tinglash ham insonga ana shunday ta’sir qiladi, ruhiyatni ko‘taradi — bu san’atning kuchi.
Qiziriq tumanida “Dillarda vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va she’riyat tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 14-30 yosh toifasidagi yigit-qizlar qamrab olindi. Birma-bir ishtirokchilar o‘zlarining iqtidor va mahoratlarini ishga solib, chiqish qilishdi. Hakamlar sinchkovlik va talabchanlik bilan baholab borgan tanlovda she’riyat yo‘nalishida Maftuna Ergasheva, qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha Mahbuba Doniyorova 1-o‘ringa munosib ko‘rilib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun