TerDUdan premyera

Date:

Bugun 27-mart — Xalqaro teatr kuni. Anʼanaga koʻra, har yili ushbu sana dunyo boʻyicha “Teatr — xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlik va tinchlikni mustahkamlash vositasi” shiori ostida keng nishonlanadi. Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari esa ushbu kunga munosib tuhfa hozirlashgan.
Inson qay sohada o‘qib yoki ishlamasin, u san’atdan ayro yasholmaydi. Iqtidori borlar esa o‘zini sinab ko‘rishdan, ijod qilishdan to‘xtay olmaydi. Ilhom baribir o‘z ishini ko‘rsatadi. Xuddi shunday Termiz davlat universitetida ham ijodkor, yuragida o‘ti bor talabalar birlashib, “Janub gavhari” teatr jamoasiga asos solishgan edi. Ushbu jamoa ozmi-ko‘pmi asarlar ustida bosh qotirib, sahnalashtirishgan, qahramonlari dard-u quvonchini keng jamoatchilikka taqdim etib kelayotgan edi.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, teatr kuni munosabati bilan “Janub gavhari” teatr jamoasi “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi uchun “Chegarachi” spektaklini sahnalashtirishdi. Qizg‘in tayyorgarlik jarayonidan so‘ng ushbu spektaklning namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tomoshaga kelgan ustozlar va yoshlar spektakldan olam-olam taassurotlar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun