Tatariston delegatsiyasi “Termiz xalqaro savdo markazi” faoliyati bilan tanishdi

Date:

Bugun Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Ayni vaqtda Tatariston delegatsiya Termiz tumanida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda.

Majmuada savdo doʻkonlari, ijara asosida taqdim qilinadigan omborxonalar faoliyati bilan ham tanishdi.

Taʼkidlash joizki, tashrifdan koʻzlangan maqsad ikki davlat oʻrtasidagi xalqaro savdo munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari faoliyati bilan tanishuv, vohamizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar oʻtkazish belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun