Jinoyatlarning oldini olish maqsadida…

Date:

Yurtimizda jinoyatchilikning oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maktablarda o‘quvchilar bilan davra suhbati, uchrashuvlar tashkil etilib, jinoyatchilikning oqibatlari xususida tushuntirish ishlari olib borilayotir. Jumladan, Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Salim Safarov tomonidan tumanda sodir bo‘layotgan jinoyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.


So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan islohotlar natijasida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yangi ish uslublari tatbiq qilinib, aholi va jamoatchilik bilan uzviy muloqot yo‘lga qo‘yilganligi va Sherobod tumanida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida fuqarolarda jinoyatchilikka qarshi kurashishga va huquqbuzarliklarning oldini olish haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, oilada yuz berayotgan noxush holatlarga chek qo‘yish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Anjuman davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob olishdi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun