Gumanitar yordam ko‘rsatilmoqda

Date:

Xabaringiz bor, 21-mart kuni Qumqo‘rg‘on tuman hududidagi qir va adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari, Azlarsoy orqali “Elobod”, “Yangi shahar”, “Bog‘aro” hamda “Azlarsoy” mahallalari hududiga kirib kelgan.


26-mart kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi (http://t.me/ijimoiyhimoya_official) Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining viloyat bo‘limi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorlikda sel va toshqinlardan talafot ko‘rgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga gumanitar yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshirdi.


Tabiiy ofatdan jabrlangan aholining ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida hamda yuqoridagi 4 ta mahallalardagi sel va toshqinlar uylariga zarar keltirgan oilalar farzandlari ta’lim olishda qiynalib qolmasligi uchun o‘quv qurollari hamda aholiga oziq-ovqat to‘plami hamda tuman tibbiyot birlashmasiga aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash borasida har bir xonadonda sog‘lom muhitni yaxshilash maqsadida yurak qon-tomir, ichki hamda endokrin kasalliklariga chalingan fuqarolarga dori-darmonlar yetkazib berilmoqda.
Shu bilan birga, “INSON” ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish markazi tomonidan psixologlar guruhi tashkil etilib, sel oqibatida zarar koʻrgan fuqarolarga psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun