Giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi…

Date:

Giyohvandlik — odamning turli xil yot moddalarga qaramligi: “ko‘tarinki kayfiyat,” haqiqiy holatlarga mos kelmaydigan ruhiy va jismoniy salomatligining buzilishiga olib keluvchi vaqtinchalik zavqlanish holatidir. Giyohvand modda istemol qilgan inson har doim bu zararli odatni o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘xtata olaman deb o‘ylaydi. Biroq, aksariyat hollarda, zavqlanish holati preparatni qayta-qayta insonga qabul qilishga olib keladi, bu — tizimli bo‘ladi.
So‘nggi yillarda giyohvand moddalarni iste’moli butun dunyo muammosiga aylandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar va DXX xodimlari bilan hamkorlikda “Termiz Kargo Sentr” MCHJ hududidagi bojxona omborida Afg‘oniston davlatidan tranzit tarzda Polsha davlatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan Mercedes Benz rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Bojxona ko‘rigi davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 2 dona qutida jami 196 dona paketchali qadoqlarda 4 kilogramm 200 gramm bo‘lgan “maydalangan va quritilgan ko‘knor boshoqlari bilan aralashtirilgan turli xildagi giyohlar aralashmasi” mavjudligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun