Bilimdonlar Surxondaryoda sinaldi

Date:

Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktabida olimpiada o‘tkazilishi uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, respublikamizning barcha hududlaridan 154 nafar olimpiadada ishtirok etadigan o‘quvchilar munosib kutib olinib, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev barcha o‘quvchilarga olimpiada jarayonlarida omad tiladi.
Respublika fan olimpiadasi 2 bosqichda tarix, geografiya, informatika hamda tojik tili fanlaridan bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, ishtirokchilarning hayajoni cheksiz. Ular o‘z tayyorlangan fanlaridan bor bilimlarini ishga solib, berilgan topshiriq va test sinovlaridan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Aytish kerakki, jarayonlar shaffof va adolatli tarzda o‘tkazildi. Baholashda ham yoshlarning bilimi e’tiborga olindi.


Tantanali taqdirlash marosimi davomida respublika fan olimpiadasida tojik tili, informatika, geografiya hamda tarix fanlaridan faxrli 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar munosib taqdirlandi. G‘oliblarga belgilangan tartibda pul mukofotlari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Olimpiada natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari bilan birgalikda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun