12 nafar bemorda bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

Date:

Yurtimizda tibbiyot sohasiga alohida e’tibor qaratilib, malakali mutaxassislar jalb etilib, barcha shart-sharoitlarning yaratilayotgani aholi salomatligi uchun tashlangan muhim qadamdir. Bu bilan kifoyalanmay, viloyatlarda, qolaversa, har bir tumanda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarining o‘tkazilayotgani bemorlar uzog‘ini yaqin qilib, dardiga shifo ulashayotgani har bir yurtdoshimizni quvontiradi.
Hozirgi kunda ana shunday yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari Angor tuman tibbiyot birlashmasining o‘zida ham bajarilmoqda. Buning uchun barcha qulaylik va sharoitlar yetarli. Mana shunday ulug‘ ayyom kunlari hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan Angor tuman tibbiyot birlashmasida 12 nafar bemorda ko‘z mikroxirurgiyasi jarrohlik аmaliyotlari bepul amalga oshirildi.
Ayni paytda bemorlarning ahvoli qoniqarli darajada. Bir so‘z bilan aytganda ular sharqona yangi yilimizda yangidan dunyoga kelgandek, hayotga yangicha nazar bilan boqishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun