Pensiya tayinlash tartibidan xabardormisiz?

Date:

Axborot texnologiyalari biz uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochdi. Afsuski, bundan ko‘pchilik foydalanishni bilmas, ammo bu imkoniyatlar bilan hujjat ishlarida turnaqator navbat kutish, vaqtimizni behuda o‘tkazishdan qutildik. Bugun uyda uyda o‘tirgan holda ko‘plab huquqiy masalalarini hal etish imkoniyatiga egamiz. Shu paytga qadar pensiya yoshiga yetgan fuqarolarning pensiyaga chiqish uchun bo‘ladigan sarsongarchiligiga ham chek qo‘yildi. Endilikda pensiya tayinlash masalasida ortiqcha yugur-yugurga, vaqt sarflashga hojat yo‘q. Shunchaki, Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurish yoki onlayn tarzda my.gov.uz saytiga kirgan holda pensiya olish uchun ariza topshirish kifoya.
Xizmat tez va sifatli ko‘rsatiladi. Ariza Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Pensiya” dasturiy majmuasiga yuboriladi. Pensiya ushbu axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblanadi va tayinlanadi. Pensiya tayinlanganligi yoki rad etilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetga ma’lumotnoma yuboriladi. Davlat xizmatlari markazi murojaat qiluvchini ariza natijasi haqida xabardor qiladi. Natija 10 ish kunida taqdim etiladi.
Inson manfaati ustuvor bo‘lgan jamiyatda bunday imkoniyatlarning yaratilishi juda katta ehtiyojlarni qondirishga olib keladi, ulardan oqilona foydalanish esa mamlakat rivoji uchun ijobiy natija bermay qolmaydi, albatta.

Maftuna G‘opporova,
Sariosiyo tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yurist konsulti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TARBIYADA ALLOMALAR MEROSI MUHIM

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash jamiyatning...

Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid soluvchi illat

Ma’lumki, joriy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev...

Sud tizimini raqamlashtirish: “Raqamli sud” konsepsiyasi

2025-yilda “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi. Ushbu konsepsiya sud...

Madaniy meros — millat yuragining ovozi

Madaniy merosni asrash — bu jamiyatning madaniy, tarixiy va...
KunTun
KunTun