1 soatlik ekoaksiyada…

Date:

Elektr energiyasida uzilish bo‘lsa, vahimaga tushamiz-da, tegishli tashkilotga sim qoqib, uzilish qachon bartaraf etilishini so‘raymiz. Dunyo ko‘zlarimizga qorong‘u ko‘rinib, nima qilarimizni bilmaymiz. Ammo, ana shunday paytda bo‘lsa ham hech atrofga nazar tashlamaymiz. Bizni o‘rab turgan bu olam naqadar go‘zal va maftunkor. Undan bahra olish fursati yetgandir. Qachonlardir boshlagan kitobimizni yakunlashimiz yoki yangi asarni o‘qishga tutinish muddati yetgandir. Mana shunday sabablarni juda ko‘p keltirish mumkin.
Butunjahon Yer vaqti kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida 1 soat davomida elektr o‘chirilib, “Sayyoramiz soati” shiori ostida ekoaksiya o‘tkazildi. Unda boshqarma xodimlari bir soat davomida kitob mutolaasi bilan shug‘ullanib, hiyobonlarni sayr qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun