Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivlari bilan tanishildi

Date:

Bugun viloyatimizning qay bir hududiga yo‘limiz tushsa, keng miqyosdagi obodonchilik, qurilish, bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilayotganiga guvohi bo‘lamiz. Ayniqsa, har bir shahar va tumanlarimizda qad rostlayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari ko‘nglimizni g‘urur va iftixorga to‘ldiradi. Bu kabi manzillar nafaqat obodlik istab bunyod etilmqda, balki farovon turmush istagan elning ham orzulari ro‘yobidir. Sababi, bunday massivlarda inson ehtiyoji, munosib hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Qolaversa, har bir hududning jo‘g‘rofiy jihatdan qulayliklari ham inobatga olinganligi, iqlim sharoitiga mos tarzda bunyod etilayotgan ko‘p qavatli turarjoy binolarining o‘ziga xosligi ham massivning kelgusi taqdirini belgilab beradi. Bizga bundan ortiq yana nima kerak aslida? Shinam, yorug‘ va keng xonalar zaruriy jihozlar bilan ta’minlangani yetmagandek, maishiy savdo nuqtalari, tibbiyot maskani-yu barcha xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi rejalashtirilgani har bir kishini ayni massivdan xonadon xarid qilishga qiziqtirib qo‘yadi. “Yangi O‘zbekiston” massivlari ana shunday qulaylik va imkoniyatlarga egaligi-yu Yangi O‘zbekistonga mos va mutanosib arxitektura dizayni, infratuzilma hamda zamonaviy, hamyonbop materiallardan foydalanilganligi bilan ahamiyatli. Xususan, viloyatimizning Sariosiyo, Jarqo‘rg‘on, Angor, Boysun, Termiz tumanlarida qad rostlayotgan ko‘p qavatli binolar, ijtimoiy obyektlar ayni jihatlar bilan elga manzur bo‘layotir. Birgina Angor tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 2022-yilda 17 ta ko‘p qavatli turar joylar qurilib, jami 408 ta xonadon o‘z egalariga topshirilgan. O‘tgan yilda esa 6 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi tamomlanib, ayni paytda pardozlar ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.
— Massivda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘rib xursand bo‘ldik. Zamonaviy ko‘p qavatli uylarning barchasida sharoitlar mujassam. Shahar uylaridan qolishmaydi. Men ham ko‘p qavatli uylardan xarid qilishni rejalashtirdim, — deydi “Ikki do‘st Surxon-Angor” fermer xo‘jaligi rahbari Hasan Muqimov.
Mazkur massiv doirasida 2022-2026 yillar davomida 78 ta ko‘p qavatli, 2 322 ta xonadonli turar-joylar barpo etiladi. Turar-joylar bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu massivlarda amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish-ta’mirlash jarayonlarining borishi bilan tanishish maqsadida Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.
Dastlab, viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayantoq” mahallasida bo‘lib, 24,5 gektar maydonda, 396 ta xonadonli 20 ta ko‘p qavatli turar joy binosini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivining navbatdagi bosqichi qurilishi bilan tanishdi. Loyihaning keyingi bosqichlarini ham sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, turarjoylarda zarur infratuzilmalarning bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Qolaversa, hududda oilaviy shifokorlik punkti qurilib, barcha tibbiy hamda yumshoq va qattiq jihozlar bilan taʼminlangan. OSHP aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini koʻrsatib, kunlik 50 qatnovni qamrashga mo‘ljallangan.

Viloyat rahbari qay tumanda bo‘lmasin, albatta, hududdagi hech bir jihatni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Sohalar, yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borib, kerakli tavsiya va topshiriqlar berib boradi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgandan so‘ng, viloyat rahbari tumandagi “Surxon jar baraka” MCHJ tomonidan 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan limonchilik issiqxonasi bilan ham tanishdi. Limon ko‘chatlari ekish va parvarishlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkorga loyihaning keyingi bosqichlarini ham ishga tushirish, ish o‘rinlari yaratish borasida tavsiyalar berdi.
Shundan so‘ng, Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasida 28,5 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar, qurilish-pudrat korxonalari vakillari viloyat rahbariga hududda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan axborot berishdi. Turarjoylar qurilishida zamonaviy, energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni jadallashtirish, ko‘p yillik loyihaning joriy yilga mo‘ljallangan bosiqichini muddatida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Menda savol bor?

Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish mumkin?—...

“Men buni uddalay olaman”

Hayot — bu turli sinovlar va imkoniyatlarga to‘la daryoga...

Metodik mahorat muhim

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya...

Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi,...
KunTun
KunTun