Inklyuziv ta’limdagi muammo va kamchiliklar

Date:

Hamma ham to‘rt muchasi sog‘lom bo‘lib dunyoga kelmaydi. Kimnidir eshitishda, kimnidir ko‘rishda muammosi bor. Yana kimlarnidir nutqida kamchiliklar sabab davolanishga, qo‘shimcha mashg‘ulotlarga ehtiyoji bor. Mutaxassislarning birinchi galdagi vazifasi esa ana shunday insonlarga yordam ko‘rsatish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdir.


Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi bilan hamkorlikda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan defektolog-logopedlar uchun Termiz shahridagi 12-maktabda “2-aprel — Xalqaro autizm haqidagi ma’lumotlarni tarqatish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Autizm va autizmga chalingan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etishdagi muammolar va yechimlar” amaliy seminarida ayni jihatlarga e’tibor qaratildi.
Unda moslashuv markazi hamda boshqarma mas’ullari ishtirok etib, yig‘ilganlarga mavzuga oid zarur ma’lumotlarni berib o‘tishdi. Sohadagi muammolar o‘rtaga tashlanib, yechimi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan atroflicha javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun