Iftorlik dasturxoni yozildi

Date:

Xalqimiz orasida ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik timsoli bo‘lgan Ramazon oyida kishilarning ko‘nglini ko‘tarish, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish azaliy qadriyatlarimizdan sanaladi. Angor tumanida ham shunday qutlug‘ kunlarda ro‘zadorlar uchun iftorliklar tashkil etilib, xayr-u saxovat tadbirlari olib borilmoqda.
Navro‘z bayrami ham muqaddas Ramazon oyida nishonlanayotgani sabab tuman markaziy o‘yingohida iftorlik dasturxoni tashkil etildi. Tadbirda Qur’on tilovat qilinib, yurtimizga tinchlik va farovonlik, xalqimizga to‘kin-sochinlik va qut-baraka tilab duolar qilindi va bugungi osoyishta hayotimizga shukronalar keltirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun