Maktablar — jinoyatdan holi hudud

Date:

Maktablarda yoshlarga puxta bilim berish bilan birga munosib tarbiya ham beriladi. Bu esa ularni illatlardan holi qilib, ijobiy hislatlarini kashf etishga turtki bo‘ladi. Milliy Gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Bolalar bilan ishlash bo‘limi, Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda yoshlar xususan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tumanning 3-sektor hududidagi 1-sonli umumta’lim maktabida “Maktablarni jinoyatdan holi hududga aylantirish davr talabi” mavzusida tashkil etilgan tadbirda maktab o‘qituvchilar va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Davra suhbatida so‘z olgan soha vakillari voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etib, bandligini ta’minlash muhimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun