Bandixonda Navro‘z bayrami…

Date:

Navro‘z — bu yangilanish, yasharish va go‘zallik, tinchlik, totuvlik, farovonlik bayramidir. Millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Navro‘z bayrami keksa-yu yosh uchun birdek aziz shodiyona!
Xalqimiz asrlar davomida odamlarni ma’nan birlashtiruvchi, ularning qalbida ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlovchi, insoniylik, mehr-muruvvat g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan Navro‘zni qut-baraka va to‘kinchilik bayrami sifatida nishonlab kelmoqda.


Ushbu bayramning kelib chiqish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u haqidagi afsonalarning birida ajdodlarimiz temir qoyani eritib, yangi makonga chiqqanligi, shu kunni yangi kun, yilning boshi, deb atagani aytiladi. Temir qoyaning eritilishi, temirchilik sirlarining kashf etilishi bu, albatta, o‘z davri uchun katta bir inqilob, yangi bir tamaddunning boshlanishi edi.
— Aynan ko‘klam paytida fasllar almashinuvi, tabiatning qayta tirilishi, uni jonlantirish bilan bog‘liq “Qozon to‘ldi” kabi qadimiy marosimlar, qo‘chqor, xo‘roz urishtirish tomoshalari, polvonlar kurashi, baxshilar bellashuvi, sumalak, lola sayllari bo‘lib o‘tgan, — deydi Bandixon tumanidagi tarix fani o‘qituvchisi U.Abdiraimov. — Ushbu marosim va sayllar mohiyatan inson hayotini yanada yaxshilash, tabiat mushkulotlarini yengillashtirish, kelayotgan ko‘klam va yangi yilni qutlab, uning qut-barakali o‘tishini Yaratgandan so‘rash, turli o‘yin, harakat, qo‘shiqlar asosida kelayotgan yilning qanday bo‘lishini chamalab ko‘rishga xizmat qilgan. Ushbu e’tiqod va u bilan bog‘liq marosimlar tizimi elimiz orasida bugungi kungacha yashab kelmoqda.


Bu yilgi Navro‘z tantanalari yurtimizda o‘zgacha bir ruhda, yangiliklarga boy tarzda tashkil etilmoqda. Jumladan, Bandixon tumanida nishonlanayotgan Navro‘z sayli shodiyonalari xalqimizga katta quvonch va xursandchilik ulashmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bayram tantanalarida milliy va xalq o‘yinlari musobaqasi, hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyish etilib, bahor taomlari bo‘lgan sumalak, halim, turli xildagi milliy taomlar tayyorlandi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun