“Mirzo Ulugʻbek vorislari” aniqlandi

Date:

Buyuk olim-u fozil bobolarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun o‘qish, izlanish, o‘z ustida ishlab, g‘oya va loyihalar ishlab chiqish lozim. Ana shunday bilimli, iqtidorli yoshlarni kashf etish maqsadida yurtimizda turli tanlov va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri esa “Mirzo Ulugʻbek vorislari” ko‘rik-tanlovidir.
Hududlardan aniqlab olinadigan yosh iste’dodlar respublikaga yo‘naltiriladi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi Termiz tumani kasb-hunar maktabida boʻlib oʻtdi. Birinchi bosqichda IQ testdan 110 ball va undan yuqori natijaga ega boʻlgan 40 nafar ishtirokchidan 17 nafari qatnashdi. Hayʼat aʼzolari xulosasi bilan Zulfiya Shomirzayeva, Oʻktam Tojiyev, Diyor Davlatov, Shuxratjon Zokirov va Nuriddin Majidovlar gʻolib deb topilib, tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun