Ayollarga ehtirom ko‘rsatildi

Date:

Bahor bayramlar bilan boshlanadi va ko‘ngilga xushnudlik, bahoriy kayfiyat ulashadi. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida ham tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda universitetda faoliyat yuritayotgan 700 nafar muhtarama professor-oʻqituvchi va ishchi-xodimlar, faxriy ustozlar taklif etildi.


To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan dilbar ayollar universitet rektori A.Toshqulov tomonidan nafosat va go‘zallik bayrami bilan samimiy qutlandi. Taʼkidlanganidek, e’tirof etish joizki, universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar har jabhada faollik koʻrsatib, salmoqli natijalarni qayd etishmoqda.
Tadbir davomida aziz ayollar uchun bayram dasturi namoyish etildi. Dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi. Yakunda ayyom sababchilariga bayram sovgʻalari ulashildi.


Bayram tantanalari oliygohdagi talabalar turar joylarida ham davom etib, doshqozonlarda osh damlandi. 3000 nafarga yaqin talaba-qiz uchun yozilgan dasturxon kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Ayniqsa, universitet rektori A.Toshqulovning samimiy qutlovi barchaga manzur bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun