TISUda “Zakovat”lilar bellashdi

Date:

Kelajak yoshlar qo‘lida deganlaridek, farzandlarimizni yoshlikdan bilimga va kasb-hunarga qiziqishini oshirib, yaxshi tarbiyalab ulg‘aytirish uchun avvalo, biz ota-onalarning mas’uliyatimiz ko‘proqdir. Yurtimizda yoshlarning ta’lim olishlari, kelajakda vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan komil inson bo‘lib yetishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Darhaqiqat, yoshlarimizning bilim va salohiyatini oshirish maqsadida har bir viloyat, tuman hamda shahar maktablarida kutubxonalar zakovat o‘yinlari hamda to‘garaklar tashkil etilib, shu qatorda yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbat sadoqatini uyg‘otish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida turli tadbirlar o‘tkazilayotir.
Jumladan, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti birinchiligi o‘tkazildi.
Unda talaba-yoshlardan iborat 5 ta jamoa ishtirok etib, bellashuv natijalariga ko‘ra Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining “Everest” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar tadbir so‘nggida diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayr bog‘cha – salom maktab”

Viloyatimizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Xayr bog‘cha – salom...

Yong‘in 14 soatda o‘chirildi

Boysun tumanidagi “Kengdala” o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash...

TerDU: targ‘ibot tadbirlari Boysunda

Yurtimizda oliy ta’lim dargohlari soni yil sayin oshib bormoqda....

“Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim davr”

Uzun tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish...
KunTun
KunTun