“Bir haftada bir kitob”

Date:

Yaxshi tashabbusning ovozasi tez tarqaladi va ommalashadi. Kitobxonlik ham shunday. Bitta asar o‘qisangizu uning ta’rifini, taassurotlaringizni so‘zlasangiz, atrofdagilaringiz ham shu asarni o‘qishga tutinadi. Qarabsizki, kitobxon yoshlar safi kengayib boraveradi.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarining darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ularda

kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Bir haftada bir kitob” tanlovi o‘tkazilmoqda. Har hafta yoshlar bir-biridan o‘qishli asarlar o‘qib, mutolaa zavqini his etishmoqda. Bu hafta esa O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asari taqdim etildi va 50 ga yaqin talaba-yosh mutolaaga kirishdi.
Belgilangan muddat o‘tgach esa kitob o‘qigan yoshlarning taassurotlari qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi. Eng yaxshi kitobxon yoshlar aniqlanib, munosib taqdirlash ham yoddan ko‘tarilmadi. Tadbir so‘nggida kelgusi hafta uchun O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari tanlab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun