Ijtimoiy himoya tizimini joriy etish orqali, og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarning munosib hayot kechirishlari uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 49 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatib kelinmoqda. Uzun tumanida ham jami ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar 18 845 nafarni tashkil etib, kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqa oluvchilar soni 11 850 ta, nogironligi bo‘lgan shaxslar 6 869 nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, tumanda mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 312 nafarni tashkil etadi, shundan 35 nafari rasmiy ravishda ish bilan band bo‘lib, qolgan norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni rasmiy sektorga jalb qilishni hamda tumandagi har bir korxona va tashkilotlar 2 nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimligi va “inson” markazi bilan birgalikda reja ishlab chiqildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz muhit yaratish va o‘tkazilgan xatlov davomida 2 ta ijtimoiy obyektlarni moslashtirish 76 ta ijtimoiy muassasalarda maxsus yo‘lak va panduslar o‘rnatish boshlab yuborildi. Og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan aholi bilan ham manzilli ishlar olib borilmoqda. Uyma-uy yurib, ular o‘rtaga tashlayotgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlikdan xizmatdan ehtiyoj sezayotgan insonlar juda quvonmoqda.
“Yangi kuch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sultonova Mohigulning xonadoniga xabar olish uchun tuman hokimi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari bilan birgalikda “keys menejment” asosida amalga oshirildi.
Sultonova Mohigulning oilasida 3 nafar farzandi va 90 yoshdan oshgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj qaynonasi bo‘lib, turmush o‘rtog‘i 2023-yilda vafot etgan. Katta farzandi Mohira turmushga chiqqan, ikkinchi farzandi Jamoliddin 19 yoshda, ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketgan edi, uchinchi farzandi 13 yoshli Salohiddin 2016-yildan buyon Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyida tarbiyalanib kelgan. Oilada yetishmovchilik mavjud, uy-joyi ta’mirtalab ahvolda. Qaynonasining 800 ming so‘m pensiya puliga oila kun kechiradi. Rossiya Federatsiyasidagi o‘g‘li Jamoliddin bilan hokimlik va “inson” markazi xodimlari telefon orqali gaplashib, vaziyat juda achinarli ahvolda ekanligi hamda tayinli ish topolmagani va 3 oyda oilasiga atigi 500 ming so‘m pul yuborgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasidan Jamoliddinni qaytarib, homiy mablag‘lari hisobidan 1,5 million so‘m bilet puli to‘landi tumandagi “Behruz mebel” xususiy korxonasidan doimiy ish (oylik 3,5 mln so‘m) topib ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, Mohigul opaning farzandi Salohiddin “Muruvvat” internat uyidan oilasi bag‘riga qaytarildi.
Joriy etilgan yangi tizim samarasi natijasida Mohigul opa farzandi uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 1 million 21 ming so‘m, nogironlik nafaqasi 800 ming so‘m, nogironligi bo‘lgan farzandini tarbiyalayotganligi uchun parvarish nafaqasi 621 ming so‘m jami bir oyda 2 million 442 ming so‘m ijtimoiy nafaqa pullari to‘lab berilishiga erishildi hamda bu bilan oilaning bir oylik daromadi 6 million so‘mga yetkazilib, jamiyatda ijtimoiy adolat o‘rnatildi. Shu o‘rinda bitta oila misolida kirib o‘rganilishi natijasida 5 ta muammosi hal etildi.
“Keys menejment”i: oila holati yaxshilandi
Date: