Har bir yoshning fikri muhim

Date:

Surxondaryo viloyatida “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan jamoatchilik muhokamalari tashkil etilmoqda. Xususan, Termiz davlat universiteti yoshlari ishtirokida hamda respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tashkil etilgan muloqot davomida dasturning ahamiyati va yoshlarning dasturga berayotgan takliflari muhim ekanligi ta’kidlandi.


Tadbirda so‘zga chiqqan yosh borki, o‘zining taklif va murojaatlarini yo‘lladi. Kimdir oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarni hafta yoki darslar davomida tadbirkorlik ko‘nikmalarni berib borish bo‘yicha taklif bildirgan bo‘lsa, yana bir talaba chekka hududlardagi qishloqlarda zamonaviy sport zallarini qurish va sport maydonchalarni barpo etish haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida yirik ishlab chiqarish korxonalarining soni sanoqli ekanligi, oliygohni muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlayotgan talabalar ish topa olmayotganligi, bugungi kunda bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha korxona va tashkilotlar bilan tizimli ishlarni olib borishi to‘g‘risida takliflar berildi.
Muhokamalar joriy yilning 31-yanvaridan 14-fevraliga qadar davom etadi va takliflar olinadi. Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha olingan takliflar jamoatchilik.uz, uzbekistan2030.uz platformalariga joylashtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Futbolchi qizlar kashf etiladi

Sherobod tumanida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab...

Qulay va xavfsiz muhit yaratilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanida hayot sifatini yaxshilash va shaharning infratuzilmasini zamonaviy...

Shaffoflik ta’minlanadi

Sherobod tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash...

Denovda Ramazon barakasi

Ramazon oyi — mehr-oqibat, xayru saxovat va hamjihatlik oyi....
KunTun
KunTun