Ishlar qizg‘in pallada

Date:

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlardan tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ko‘chalarni tekislash tez-tez sodir bo‘layotgan avtohalokatlarning-da kamayishining oldini oladi. Haydovchilarning aksariyatida yo‘lning nosoz joylarida yo‘l terib xaydashga majbur etadi. Oqibatida esa yo‘l chetidan ketayotgan piyodaning turtib ketish ham hech gap emas. Ayniqsa, qish mavsumida yog‘ingarchilik sabab, asfaltning cho‘kkan joylarida ancha vaqtgacha yomg‘ir suvi to‘planib, loy ko‘lmaklar ust-boshimizga sachragani ko‘ngilni xira qiladi.
Endilikda, ana shunday muammolarni bartaraf etib, xalqni o‘ylagan holda qilinayotgan islohatlar aholini quvontirayotir. Jumladan, Termiz tumanining 1-sektor hududidagi “Qo‘ng‘irot” va “Mustaqillik” mahallalarida mazkur mezon asosida 1,8 kilometr ichki yo‘llarni tosh to‘kish, asfaltlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 1 kilometr masofa qismida toshlash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu mahallalarda ariq-zovurlarni tozalash, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari ham ayni qizg‘in pallada. Mahallada istoqomat qiluvchi aholining turmush tarzi yaxshilanib, ko‘chalar obod va ko‘rkamlashmoqda.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun