“Shashlik day”

Date:

Surxondaryo deganda barchaning ko‘z o‘ngida tandirda yoki qo‘rada pishiriladigan go‘shtli taomlar keldi-yu, ishtahasi ochiladi. Ayniqsa, shashlikning mazasi ham, uni pishirishning gashti ham o‘ziga xos. Statistik maʼlumotlarga koʻra, shashlik dunyodagi eng yaxshi taomlar orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagani qayd etilgan.
Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Termiz davlat universitetida talabalar tashabbusi bilan “Shashlik day” festivali o‘tkazildi. Unda 14 ta fakultet talabalari o‘zining pazandalik mahoratlarini namoyish etib, shashlik pishirishda nechog‘lik usta ekanliklarini namoyish etdilar.
Shashlikning turlari ko‘p, har bir turning o‘ziga xos tayyorlanish uslubi bor. Bu esa albatta, uning mazasining o‘zgachaligi bilan ajralib turadi. Pesh panja, Iskandar kabob, qiyma kabob kabi har bir turning o‘z xo‘rrandalari bor. Talabalar shashlik pishirib, qo‘ra boshida shashlikxo‘rlik qilishdi. Mana shunday tadbiru festivallar bo‘lajak oila boshliqlari bo‘lmish yigitlarimizni kelajakda oilaparvar, mehnatsevar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun