Qo‘shimcha amaliyot o‘tkazish maqsadida

Date:

Yurtimizda uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilganki, bu ana shunday yoshlarning jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etayotir. Birinchi navbatda ularing bandligini ta’minlash maqsadida munosib ish o‘rinlari tavsiya etilsa, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasb-hunar o‘rgatilmoqda, tadbirkorlik qilishlari uchun shart-sharoit yaratilmoqda. Xorijga ishlayman deganlar uchun ham munosib takliflar mavjud bo‘lib, muhimi yoshlar to‘g‘ri yo‘naltirilayotir.
Ana shunday ishlarning davomi sifatida “Obod-yurt” mahallasida Uzun tuman “Vatanparvar” tashkilotining tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan imzolagan memorandumga asosan uyushmagan yoshlar o‘rtasida, Yevropa davlatlariga haydovchilar tayyorlash C, E toifasi bo‘yicha o‘qitish hamda C, E toifali haydovchilarga qo‘shimcha amaliyot o‘tkazish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha yordamchisi Hoshim Erdonov, tuman yoshlari, mahalla faollari va “Vatanparvar” tashkiloti mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir davomida mas’ullarning ma’ruzalari tinglanib, qatnashchilar Yevropaning boshqa davlatlari hamda Germaniyaga ketish uchun o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun