Muhtaram prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida berilgan topshirigʻiga asosan viloyatda “Ma’naviyat sektori” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ayni topshiriqqa asosan amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Albatta, amalga oshirilayotgan bunday islohotlar negizida yoshlarimizni Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, iftixor hissini shakllantirish, ularning ongu tafakkurini yuksaltirish maqsadi mujassam.
Aholi ma’naviyatini yukslatirishda odamlarning bilimi, ko‘nikma va malakasini safarbar etish muhim. Shu nuqtai nazardan viloyat hokimi tashabbusi bilan ma’naviyat sektori faoliyatini yanada jonlantirish, joylarda ma’naviyatni keng targ‘ib qilish, hududlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash hamda oilalarda notinchlikning oldini olish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida belgilangan rejaga asosan hududlarda turli soha vakillaridan iborat targʻibot guruhlari faoliyat yuritmoqda.
Afsuski, bugungi kunda madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani ham haqiqat. Holatni nazorat qilish, tekshirish, izga solish maqsadida targ‘ibot guruhi o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Navbatdagi manzil Bandixon tumani bo‘ldi. Natijada tumanda faoliyat olib borayotgan madaniyat markazi va bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi. Soha xodimlarining ish tajribasi, folklor va etnografik jamoalari va to‘garaklar faoliyatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasida e’tibor berayotgan jihatlarga e’tibor qaratildi. O‘rganish ishlari davomida tuman Madaniyat markazi va 17-sonli bolalar Musiqa va san’at maktabida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Aytish kerakki, bu borada Sariosiyo tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanda, korxona va tashkilotlarda, jumladan mahallalarda “Ma’naviyat sektori” faoliyati tashkil etilgan. Yoshlar, fuqarolar ma’naviyatini oshirish maqsadida kitobxonlikka jalb etilayotir.
Milliy hunarmandchiligimizni ommalshtirish natijasida yoshlarning qiziqishi oshirilib, bandligi ta’minlanishiga erishilayotgan bo‘lsa, san’atga oshno etish bilan milliy urf-odat va an’analarimiz, udumlarimiz singdirilmoqda. Qadriyatlarimizni qadr toptirishning ahamiyati uqtirilayotir. Albatta, ana shunday ruhda tarbiya topayotgan yoshlardan yomonlik emas, balki yaratuvchanlik, ezgulik, yaxshi tashabbus va g‘oyalarni kutamiz.
O‘rganish jarayonidan xulosaga kelish mumkinki, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda Ma’naviyat sektori faoliyatining o‘rni nihoyatda muhim. Shu ma’noda ishchi guruh tomonidan sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yishda qo‘shimcha ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.
“Ma’naviyat sektori” faoliyati o‘rganildi
Date: