“Yerni boqsang – yer seni boqadi”

Date:

Issiqxona biznesi qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan hudud uchun eng qulayi. Qish mavsumida ham tomorqangizda ekin ekib, mo‘l hosil olasiz. Bu esa mo‘may daromad degani. Muhimi, yer bilan tillashishni bilsangiz bo‘lgani. Boysun tumanidagi “Gaza” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Jasur Suvonov ham tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy tadbirkorlikka qo‘l urdi. U tomorqasining 2 sotixiga issiqxona tashkil etib, qulupnay, bodring mahsulotlarini yetishtirmoqda.
Shu paytga qadar faqat bodring yetishtirgan Jasur Suvonov bu yil serdaromad qulupnay ko‘chatlarini ham ekdi. Mehnati kam, daromadi ko‘proq bo‘lgan qulupnay ko‘chatini bir marta ekib, uch yilgacha hosil olishi yosh mirishkorga motivatsiya bergan. Hozirda kuniga 3-4 kilogramm hosil yig‘ib, bozorga olib chiqayotgan qahramonimizning har kuni qo‘liga pul tushib, mehnatining rohatini ko‘rayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun