Qandli diabetni ko‘z fotosuratlari orqali aniqlash yo‘li topildi

Date:

Ba’zan biror joyimiz og‘rib qolsa, tibbiy ko‘rik va kerakli muolajaani olish uchun shifokor qabuliga borishga vaqt topa olmaymiz. O‘tib ketar deymiz yoki og‘riq qoldiruvchi dori vositalari bilan kifoyalanamiz. Bu ham kor qilmasa, o‘z boshimcha davolanadiganlar ham bor. Qo‘shnimga kor qilgani meni ham tuzatadi talqinida ish tutamiz. Holbuki, buning salbiy tomonlari mavjudligi, boshqa bir a’zomizga ta’sir qilishi xayolimizga ham kelmaydi. Oddiy shamollashlar-ku ha mayli, ammo xavfli asoratlarni keltirib chiqaradigan kasalliklarimiz bo‘lsachi? Qandli diabet ham ana shunday kasalliklar sirasiga kiradi.
Qandli diabet uzoq muddat qonda glyukoza darajasi yuqori bo‘lishi, bora-bora ko‘rish qobiliyati pasayishi va hatto butunlay yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bu patologiya tibbiyotda diabetik retinopatiya deb nomlanadi. Afsuski, kech bosqichda namoyon bo‘ladigan mazkur asoratlar aslida ancha avval, yashirin alomatlar bilan boshlanadi. Shu bois qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga tez-tez oftalmolog ko‘rigidan o‘tib turish tavsiya etiladi.
Rossiyalik olimlar bu jarayonni yanada osonlashtirish chorasini topdi. Ular yaratgan neyrotarmoq ko‘z fotosuratlari orqali diabet oqibatida yuzaga keladigan to‘r parda patologiyasini aniqlash imkonini beradi. Innovatsion ishlanma matematik model asosida ishlaydi. Ya’ni maxsus dastur sun’iy intellekt yordamida diabetik retinopatiyaga erta bosqichda, 88,7 foiz aniqlikda tashxis qo‘yadi. Buning uchun neyrotarmoqqa bemor ko‘zlari suratlari joylashtirilishi kifoya.
Olimlar yaratgan yangi model fotosuratlarni o‘ta yuqori tezlikda tahlil qilib, to‘r pardagi qon ketishi, lipidlar to‘planishi, tomirlar o‘sishi va ular devorlarining ingichkalashi kabi belgilarga ko‘ra, xastalikni aniqlab beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun