Vaksinalarni shpritssiz yuborish mumkin

Date:

Ba’zida yoshlar, bolalar tugul kap-katta odamlar ham ukol olishdan cho‘chiydi. Sog‘lik o‘zimizga kerak. To‘g‘ri, oddiy shamollashu kasalliklarni ukolsiz ham dori-darmon vositalari bilan davolash mumkin. Ammo, vaksina-yu shunga o‘xshash o‘rnini hech bir vosita bilan to‘ldirib bo‘lmas davo choralari ham borki, bunday paytda har qanday qo‘rquvni yengishga to‘g‘ri keladi. Rossiya texnologiya universiteti – MIREA mutaxassislari odamlarga dori-darmonlarni inyeksiyalarsiz yuborish imkonini beruvchi istiqbolli texnologiyani ishlab chiqishdi.
Bunda shpritslar qalinligi 0,6 millimetrgacha kichik ignalar bilan almashtiriladi, ular terining shox pardasidan osongina o‘tadi va asab tugunlariga ta’sir qilmaydi. Ushbu usul mutlaqo og‘riqsiz va juda samarali bo‘lib, ayniqsa, bolalarni emlashda qulaylik yaratadi.
Universitet mutaxassislarining fikriga ko‘ra, kelajakda bunday kichik ignali plastirlar an’anaviy inyektsiyalarning o‘rnini bosadi. Bundan tashqari, teriga kirgandan so‘ng, kichik ignalar tez eriydi va dori-darmonlar va turli xil vaktsinalarni qo‘llashda yaxshi samara beradi.
Endi universitet olimlari uni ommaviy ishlab chiqarishni boshlash uchun loyihani takomillashtirish ustida ish olib boradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun