Tadbirli qiz tashabbus ko‘rsatdi

Date:

Ishlayman degan odamning yuragida o‘ti bo‘ladi. Izlanadi, tashabbus ko‘rsatadi. O‘qish, ish — barchasini birdek udda qilishga harakat qiladi. Ha, bugungi yoshlar, bugungi qahramonlarimiz ayni shunday. Sherobodlik Shahnoza Ko‘charova ham ana shunday yoshlarning biri. O‘zi Termiz muhandislik-texnologiya institutida tahsil olishiga qaramay, o‘qishdan, vaqt ajratib, jamiyatga yanada naf tegishini o‘yladi. Tinib tinchimas Shahnoza 2023-yili institutga oʻqishga qabul qilingan kundan boshlab, talabalar yotoqxonasida talaba-qizlarning 60 nafariga ustozlik qilib, tikuvchilik sirlari o‘rgatib kelmoqda. U bu bilan ham kifoyalanmay, “Yoshlar daftari” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtdi.
Bir muddat o‘tgach, unga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Kimgadir ish taklif qilsangiz, maoshi kamligi, ish shart-sharoitlari ma’qul kelmaganini ro‘kach qilib, tayyor ishni rad etadi yoki berilgan tikuv mashinasi uyda chang bosib yotadi. Shahnoza esa tadbirli qiz chiqdi. Uning tikish-bichishdan xabari borligi, berilgan tikuv mashinkasidan unumli foydalanish maqsadida o‘zi yashaydigan “Oltin voha” mahallasi binosidan toʻgarak ochishi uchun xona ajratib berildi. Shundan so‘ng, amaliy harakatlar boshlab yuborildi. Tikuvchilikka qiziqishi baland yoshlar bilan to‘lgan to‘garakda o‘quv mashg‘ulotlar qizg‘in tus oldi. Birinchi kursdayoq 100 nafar yosh hunar o‘rgandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun