Dardiga malham bo‘lib…

Date:

Sog‘ligida muammosi, dardmanga shifo ulashish, yaxshilik qilish bir insonning hayotida yorug‘lik olib kirgandek bo‘ladi. Sho‘rchilik Ergash Allayorov ham oyog‘idagi og‘riq sabab yurishga qiynalib, qo‘ltiqtayoqqa ehtiyoj sezardi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Sho‘rchi tumanidagi “Baxshtepa-1” mahallasida yashovchi bir guruh imkoniyati cheklangan fuqarolarga tuman reablitatsiya qilishning texnik vositalari topshirilgani, ularning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Qolaversa, sog‘ligini tiklash uchun viloyatimizdagi sihatgohlarga sog‘lomlashtirish uchun berilgan yo‘llanmalar dardman fuqarolarning dardiga malham bo‘lishi aniq.
Hol so‘rasangiz, “Baxshtepa-1” mahallasidagi 92 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning-da qiynaydigan, o‘ylantiradigan masalalar bor. Ularga quloq tutish, munosib yechim qilish, fuqarolarning kayfiyatini ko‘taradi, yolg‘iz emasliklarini, doimiy e’tibor va qo‘llab-quvvatlovda ekanliklarini ko‘rsatadi. Shu maqsadda ular tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan xatlovdan o‘tkazilib, har birining murojaati bosqichma-bosqich ijobiy hal etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun