“Bir nuroniy – o‘n nafar yoshga mas’ul”

Date:

Mahallalarga biriktirilgan nuroniylarimiz yoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning muammolari, oiladagi muhit, shart-sharoitlardan voqif bo‘lgan holda ishlayotgani yoshlar hayotida tub burilish yasayotir. Uzun tumani “Mehnat” mahallasida 20 nafar muammoli yoshga biriktirilgan faol nuroniylar O‘rin bobo Bobokalonov hamda Muhiddin bobo Karimovlar ham “Bir nuroniy – o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili bo‘yicha uyushmagan, muammoli yoshlarning xonadonlarida bo‘ldilar.
Piru badavlat otaxonlar yoshlar bilan suhbatda bo‘lib, ular bilan dildan suhbatlashdi, ko‘ngillariga qo‘l solib, o‘zlarining maslahat va nasihatlarini berdilar. Xayotiy tajribalari, boshidan kechirgan vaziyatlardan qanday chiqqanliklari, yoshlar ayni holatlarda qanday yo‘l tutishlari lozimligi haqida maslahatlashdilar. Bunday yo‘qlovlar, suhbatlar yoshlar ongiga ijobiy ta’sir etishi, o‘zlarini shu jamiyatga, mahallaga, bir so‘z bilan aytganda, ona vatanga kerakli inson ekanliklarini his etishlarida katta turtki bo‘lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qimmatga tushgan “talab”

Surxondaryoda YPX xodimi xizmat vakolatidan foydalanib, paxta ortilgan yuk...

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...
KunTun
KunTun