Davra suhbati tashkil etildi

Date:

Ish izlab ko‘ngildagidek ishni topa olmagandan keyin ko‘pchilik yoshlar xorijga chiqib ishlashni reja qiladi. Shunday paytda qayerga borish, kimga murojaat qilish kerakligini bilmay, ikkilanib qolishadi. Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi insonlarning domiga tushib qolmasa-ku ha ho‘b, aks holda…
Yoshlarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish maqsadida Termiz shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Respublika ta’lim va bandlik klasteri hamda Janubiy Koreyaning Korean Center kompaniyasi hamkorligida xorijiy tillarni o‘rganib, kasb egallash, viza olish mavzusida seminar o‘tkazildi.


Kompaniya vakili Mr. Choi boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyadagi mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda ota-onalarga ochiq muloqot tarzida aniq ma’lumotlar berishdi. Viloyatdagi professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, ota-onalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun